Ilmiy-tadqiqot faoliyatining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat::
– kafedralar bo ‘yicha ilmiy tadqiqotlarning ustuvor yo’ nalishlarini belgilash;
– kafedralarni ilmiy tadqiq etishning asosiy yo’nalishlarini shakllantirish va institutning ilmiy – tadqiqot faoliyati mavzusini shakllantirish;
– fundamental, amaliy, innovatsion grantlar bo’yicha ilmiy tadqiqotlarni kengaytirish;
– professor-o ‘ qituvchilar tarkibining ilmiy malakasini oshirish;
– monografiyalar, ilmiy maqolalar, ma’ruzalar, darsliklar va o’quv qo’llanmalarini yozish va nashr etishga tayyorlash;
– ilmiy maqolalar va tezislarni ko’rib chiqish;
– talabalar ilmiy tadqiqotlari, ma’ruzalari va talabalarni loyihalarga jalb qilish;
– ilmiy nashrlar, xalqaro ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlik;
– o ‘qituvchilarning ilmiy-tadqiqot faoliyati asosan ularning tadqiqot yo’ nalishlariga muvofiq amalga oshiriladi, shuningdek xo ‘jalik shartnomalari va innovatsion loyihalar bo’ yicha ilmiy tadqiqotlar o ‘ tkaziladi;
– xalqaro, respublika va oliy o’quv yurtlari konferensiyalarida, ilmiy maqolalarda chop etilgan ma’ruzalar tezislari soni ortib bormoqda, uslubiy ko’rsatmalar, o’quv-uslubiy majmualar, o’quv qo’llanmalari va darsliklarni ishlab chiqish va nashr etish uchun materiallar ajratilmoqda.