Klinik ordinatura – kadrlarni qayta tayyorlash tizimiga kiradigan taʼlim turi bo‘lib vrachlarning uzluksiz kasbiy taʼlimi ko‘p pag‘onlai tuzilmasining bir qismi hisoblanadi.

Klinik ordinaturada o‘qish Vazirlar mahkamasining 2009 yil 18 dekabrdagi № 319- son qarorini 2 – ilovasidagi nizom  bilan tartibga solinadi.

Toshkent pediatriya tibbiyot institutida vrachlarni klinik ordinaturada o‘qitishni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan vrachlik mutaxassisliklari nomenklaturasi bo‘yicha, mutaxassisga qo‘yiladigan ixtisoslik talabi asosida tuzilgan har qaysi mutaxassislik bo‘yicha o‘quv rejasi va o‘quv dasturiga muvofiq amalga oshiriladi.

TOSHPTI da 2022-2023 o‘quv yilida klinik ordinaturada quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha shifokorlar tayyorlanadi:

  1. Akusherlik va ginekologiya
  2. Allergologiya va klinik immunologiya
  3. Asab kasalliklari
  4. Anesteziologiya va reanimatologiya
  5. Bolalar  xirurgiya
  6. Bolalar anesteziologiya va reanimatsiyasi
  7. Bolalar asab kasalliklari
  8. Bolalar va o‘smir qizlar ginekologiyasi
  9. Bolalar yuqumli kasalliklari
  10. Bolalar nefrologiyasi gemodializ bilan
  11. Dermatovenerologiya
  12. Kardiologiya
  13. Neyroxirurgiya
  14. Neonatologiya
  15. Nefrologiya gemodializ bilan
  16. Narkologiya
  17. Xirurgiya
  18. Onkologiya
  19. Otorinolaringologiya
  20. Oftalmologiya
  21. Pediatriya
  22. Psixiatriya
  23. Terapiya
  24. Tibbiy radiologiya
  25. Travmatologiya va ortopediya
  26. Ftiziatriya 
  27. Endokrinologiya
  28. Epidemiologiya
  29. Sud tibbiyoti

Klinik ordinaturada xorijiy talabalar xam tahsil olishadi. 2022-2023 o‘quv yilida Akusherlik va ginekologiya, Xirurgiya va Endokrinologiya mutaxassisliklarida xorijiy talabalar tahsil olishmoqda.

TOSHPTI hamda Sankt Peterburg Davlat pediatriya tibbiyot universiteti bilan hamkorlik memorandumlari tuzilgan bo‘lib, klinik ordinaturada ham 3 ta mutaxassislik bo‘yicha taʼlim dasturlari ishlab chiqilgan. Akusherlik va ginekologiya, otorinolaringologiya, nevrologiya mutaxassisliklari bo‘yicha qshma dastur asosida taʼlim oluvchilar o‘qishning birinchi yili TOSHPTI da, ikkinchi yilini Sankt Peterburg Davlat pediatriya tibbiyot universitetida davom ettirishadi.