Tibbiyot xodimlar malakasini oshirish kurslari Toshkent pediatriya tibbiyot institutining malaka oshirish fakulteti tomonidan amalga oshiriladi.

Fakultetning asosiy faoliyati Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahrida davlat va hususiy sektorida ishlovchi shifokorlarni qisqa muddatli (36 va 72 soat) malaka oshirish kurslarida o’qitishni tashkil qilish va o’tqazishdan iborat.

Amaliy mashg’ulotlar va ma’ruzalar institut klinik kafedralarida faoliyat yurituvchi professor – o’qituvchilar tomonidan, uzoq va yaqin horijiy davlatlardan tashrif buyurgan mutaxassislar tomonidan olib boriladi.

Amaliy mashg’ulotlar Toshkent pediatriya tibbiyot institutining klinikasi va institut bilan shartnomasi mavjud bo’lgan klinika va poliklinikalarda, hususiy klinikalarda olib boriladi.

Kursantlar Toshkent pediatriya tibbiyot institutida bo’lib o’tadigan xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlarda ishtirok etishga taklif qilinadi.

2021 yilda Toshkent pediatriya tibbiyot institutining kafedralari tomonidan ishlab chiqilgan va Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan 101 ta mavzuli qisqa muddatli (36 va 72 soatli) malaka oshirish tsikllari o’quv dasturlari asosida mashg’ulotlar o’tqaziladi.