Hurmatli abituriyentlar!
2022 yil 20 iyun kuni 2023/2024 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlanadi.
Bunda:
– abituriyent telefon raqami avtorizatsiyadan o‘tkaziladi;
– pasport ma’lumotlari, doimiy yashash manzili va tugatgan ta’lim muassasasi bo‘yicha ma’lumotlar kiritiladi;
– imtiyozlari mavjud bo‘lsa hamda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lsa, sertifikat ma’lumotlari kiritiladi.
Abituriyentlarni ro‘yxatga olish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligining (my.uzbmb.uz) sayti va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali onlayn amalga oshiriladi.
Ro‘yxatga olish 20 iyulga qadar (20 iyul kuni ham) davom etadi va abituriyentlar 20 iyulga qadar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari hamda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘ladigan bo‘lsa, sertifikat ma’lumotlarini kiritishlari mumkin bo‘ladi.
Bu yilgi kirish imtihonlarida abituriyentlar 5 ta fandan imtihon topshiradi. Maksimal ball – 189,0.
Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy 3 ta fan (maksimal ball – 33,0 ball):
1. Ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq va boshqa tillar) – 10 ta savol, to‘g‘ri javob uchun – 1,1 ball.
2. Matematika – 10 ta savol, to‘g‘ri javob uchun – 1,1 ball.
3. O‘zbekiston tarixi – 10 ta savol, to‘g‘ri javob uchun – 1,1 ball.
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos 2 ta fan bo‘yicha (maksimal ball – 156 ball):
1-fan – 30 ta savol, to‘g‘ri javob uchun – 3,1 ball.
2-fan – 30 ta savol, to‘g‘ri javob uchun – 2,1 ball.
Toshkent pediatriya tibbiyot institutida 2023/2024 o’quv yiliga qabul jarayoni bo’yicha CALL-CENTER tashkil etildi.
2023 yilning 10 iyunidan boshlab Toshkent pediatriya tibbiyot institutida 2023/2024 o’quv yiliga qabul jarayoni bo’yicha CALL-CENTER tashkil etildi va o’z ish faoliyatini boshladi.
Ushbu CALL-CENTER telefon raqamlariga murojaat orqali 2023/2024 o’quv yiliga qabul jarayoni bo’yicha hamda institut to’g’risida sizni qiziqtirgan ma’lumotlarni olishingiz mumkin bo’ladi.
Toshkent pediatriya tibbiyot institutining СALL-CENTER telefon raqami:
+998-78-150-51-51
Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Konsultatsiya telefon raqami
+998-95 122-87-27
Ish vaqti:
Dushanba – Shanba, 9:00 – 18:00
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti
Qabul komissiyasi