Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Axborot Resurs Markazi o’quv yurtining tarkibiy qismi o’lib, institut Ustavi va o’z Nizomiga asosan ish faoliyatini olib boradi. O’zining amaliy ishida rektorning buyruq va topshiriqlariga rioya qiladi. Axborot Resurs Markazining asosiy vazifalari – zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanilgan holda foydalanuvchilarning muntazam va mustaqil ravishda ta’lim olishiga ko’maklashadi. Ta’lim muassasasi sohasiga va faydalanuvchilarning axborotlarga bo’lgan ehtiyojlariga muvofiq Axborot Resurs Markazi fondi doimiy ravishda shakillantirilib boriladi, ma’lumotlar bazalari, elektron katalog va kartotekalardan tashkil etiladi va yuritiladi. Insititut Axborot Resurs Markazi o’z faoliyatida barkamol avlodni shakillantirishga yo’nailtirilgan demokratik, huquqiy, ijtimoiy – iqtisodiy ko’p qirrali mafkurani aks ettiradi. Yosh avlodni Vatanga mehr – muhabbat ruhida tarbiyalashda amaliy yordam ko’rsatadi.