Talabalarni turar joyi bilan taʼminlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi boʼlimi Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qoʼllab-quvvatlash va bandligiga koʼmaklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda boʼsh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi 2021 yil 20 apreldagi PF-6208-son Farmoni, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2021 yil 24 sentyabrdagi «Ijara huquqi asosida yashayotgan talabalar tomonidan toʼlanadigan ijara toʼlovlarini qoplab berish tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʼgʼrisida»gi 605-sonli qaroriga asosan 2021 yil 1 maydan boshlab yotoqxona bilan qamrab olinmagan va oʼziga, shu jumladan ota-onasi (qonuniy vakillari)ga tegishli boʼlmagan uyda ijara huquqi asosida yashaydigan davlat oliy taʼlim muassasalari talabalarining 60 foiziga ular tomonidan toʼlanadigan oylik ijara toʼlovining 50 foizi Oʼzbekiston Respublikasi Davlat tomonidan qoplab berilishini taʼminlaydi.