Manzil: Toshkent shahri 100140, Yunusobod tumani, Bog’ishamol ko’chasi, 223 uy, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, 1 qavat, 135 xona

Tel.: + 998-71-260-28-98

Faks: + 998-71-262-33-20

E-mail: dr.alimova@mail.ru

Alimova Durdona Dilmuratovna

1983 yilda tug‘ilgan, PhD, dotsent. Toshkent Pediatriya tibbiyot institutini 2007 yilda tamomlab, 2007-2009 yillarda Toshkent Vrachlar malakasini oshirish instituti LOR-kasalliklari kafedrasida klinik ordinaturani o‘tgan. Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Otorinolaringologiya, bolalar otorinolaringologiyasi, bolalar stomatologiyasi kafedrasida 2012 yil kichik-ilmiy-xodim izlanuvchi, 2013-2015 yillarda katta-ilmiy-xodim izlanuvchi, 2015-2021 yillarda kafedra assistenti, 2019-2021 yillarda Ilmiy tadqiqot, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi yetakchi mutaxassisi, 2011-2017 yillarda Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasida navbatchi LOR-shifokori lavozimlarida ishlagan. 2021 yildan xozirgi kungacha kafedra dotsenti va Talabalarni turar joyi bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritmoqda. 2019 yil “Surunkali rinosinusitlarni tashxislash va davolash usullarini takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiya ishini himoya qilgan. «Uzbek medical journal», «Eurasian Journal of Otorhinolaryngology-Head and Neck Surgery» va «British view» jurnallari tahrir xay’ati a’zosi hisoblanadi. 34 ilmiy maqola va tezis, 1 monografiya, 2 o‘quv qo‘llanma, 1 darslik muallifi. 2012 va 2014 yillarda Rossiya Federatsiyasi Sankt-Peterburg shaxridagi quloq, tomoq, burun va nutq ilmiy-tekshirish institutida, 2022 yilda Sankt-Peterburg Davlat Pediatriya tibbiyot Universiteti, Krakovning Yagellon Universiteti (Polsha), Paviya Universiteti (Italiya), Frayburg Universiteti (Germaniya)da malaka oshirgan.

Muzaffarov Akbarjon Mamashoyevich

1986 yil 4 iyunda tug‘ilgan. 2003-2005 yillarda Muborak tibbiyot kolleji, 2006-2010 yillarda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti jurnalistika fakultetini tamomlagan. Faoliyati davomida “Toshkent oqshomi”, “XXI asr” tahririyatlari hamda turli xususiy gazeta va jurnallarda muxbir, bo‘lim muharriri sifatida ishlagan. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasida Matbuot va mafkuraviy ishlar bo‘lim boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Hozirda Toshkent pediatriya tibbiyot institutida Talabalarni turar joyi bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi bo‘limi bosh mutaxassisi sifatida faoliyatini davom ettirmoqda.

Majitov Axror Rustam o‘g‘li

1998 yilda tug‘ilgan, Muxammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Iqtisodiyot Fakultetida 2017-2021 yillarda tahsil olgan. 2021 yildan Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Talabalarni turar joyi bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi bo‘limi bosh mutaxassisi lavozimida ish olib bormoqda.