KLINIK ORDINATURAGA QABUL E’LON QILINDI

Toshkent pediatriya tibbiyot instituti O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirining 2023 yil 26 iyuldagi 179-sonli buyrug’iga asosan 2023/2024 o’quv yilida klinik ordinaturaga qabul boshlanganligi to’g’risida e’lon qiladi.

2023/2024 o’quv yili uchun klinik ordinatura qabulida hujjat topshiruvchi abituriyentlarga qulaylik yaratish maqsadida ro’yxatdan o’tish jarayoni onlayn tarzda – Toshkent pediatriya tibbiyot institutining rasmiy veb-saytida quyidagi havola orqali amalga oshiriladi:
https://forms.gle/thxP41gKDDKqeWXZ6

Klinik ordinaturaga qabul ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan kundan boshlab, joriy yilning 22 avgustigacha (shu kuni ham) amalga oshiriladi.

Toshkent pediatriya tibbiyot institutida 2023/2024 o’quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayoni boshlanishi munosabati bilan abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish hamda ularni qiziqtirgan savollarga tezkor javob berish maqsadida “Call-markaz” tashkil etildi.

Fuqarolar quyidagi telefon raqamlari orqali “Call-markaz» bilan bog’lanib, o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishlari mumkin.

“Call-markaz telefon raqami:
+99878-150-51-51.

“Call-markaz”ning ish rejimi:
dushanbadan shanbagacha – soat 9:00 dan 18:00 gacha;
tushlik – soat 13:00 dan 14:00 gacha.

Klinik ordinaturaga kirish imtihonlarini o’tkazish sanasi institutning rasmiy veb-sayti orqali e’lon qilinadi.

MUHIM! Maqsadli kvota bo’yicha klinik ordinaturaga hujjat topshirgan abituriyentlar umumiy kvota tanlovida qatnasha olmaydi. Shuningdek, umumiy kvota bo‘yicha klinik ordinaturaga hujjat topshirgan abituriyentlar maqsadli kvota tanlovida qatnasha olmaydi.

MUHIM! Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 18 dekabrdagi 319-son qarori bilan tasdiqlangan «Klinik ordinatura to‘g‘risidagi Nizom»ga muvofiq abituriyentlarga klinik ordinaturaga kirish uchun bir vaqtning o‘zida bir nechta muassasada tanlovda qatnashish taqiqlanadi.

2023/2024 o’quv yilida Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinik ordinaturasi bo’yicha davlat buyurtmasi asosida o’qishga qabul qilish parametrlarining mutaxassisliklar bo’yicha taqsimlanishi