Sog‘lom turmush tarzi targ‘iboti

Institut talabalari, magistrlari va klinik ordinatorlari malakaviy amaliyotni o‘tash maqqsadida Toshkent shahrining Mirobod, Yakkasaroy, Sirg‘ali, Chilonzor, Yashnaobod, Shayxontoxur, M.Ulugbek, Yunusobod, Uchtepa, Olmazor tumanlaridagi klinik shifoxonalar, shahar perinatal markazi, bolalar shifoxonalari, poliklinikalarda hamda viloyatlar tumanlarining oilaviy poliklinika(OP), qishloq vrachlik punktlari (QVP) va davolash muassasalarida umumiy parvarish, hamshiralik ishi, shifokor yordamchisi, umumiy pediatr va umumiy amaliyot shifokori yordamchisi sifatida amaliyot o‘tash tashkil etilgan.
Shuningdek, amaliyot davrida institut talabalari, magistrlari va klinik ordinatorlari yozgi amaliyot davrida mahallalar aholisi o‘rtasida patronaj, o‘tkir yuqumli ichak kasalliklari, tuberkulyoz, giyohvandlik, OITS, anemiya, sog‘lom turmush tarzi kabi yo‘nalishlar bo‘yicha tibbiy-profilaktika muammolariga bag‘ishlangan targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etishda yaqindan yordam bermoqdalar.