Toshkent pediatriya tibbiyot institutiga o’qishga kirish uchun hujjat topshirayotgan chet ellik fuqarolar quyidagi ro’yxatdagi hujjatlarning elektron shakllariga ega bo’lishlari kerak.
Hujjatlarni qabul qilish masofadan turib quyidagi havola orqali amalga oshiriladi:
https://forms.gle/qq5bKj9Q9GSXQBtk7
Hujjatlarni topshirgandan so’ng, har bir murojaat etuvchiga hujjatlar qabul qilinganligi to’g’risida ariza beruvchi tomonidan ko’rsatilgan elektron manzilga bildirishnoma va shaxsiy ID raqami yuboriladi.
Toshkent pediatriya tibbiyot institutiga murojaat qilish uchun zarur hujjatlar ro’yxati:
1. Umumta’lim maktab shahodatnomasi yoki diplom yoki unga tenglashtirilgan hujjat. Rus tiliga notarial tasdiqlangan yoki apostil qilingan tarjimasi va transkripsiyalar bilan;
2. Rus yoki o’zbek tillarini bilish to’g’risidagi sertifikat (pdf);
3. Pasport nusxasi (pdf);
4. Avtobiografiya yoki biografik ma’lumotlar (pdf);
5. Tibbiy ma’lumotnoma (086-shakli yoki umumiy tibbiy ma’lumotnoma) (pdf);
6. OITS haqida tibbiy ma’lumotnoma (503-shakl) (pdf);
7. COVID-19 ga qarshi emlanganlik to’g’risidagi tibbiy sertifikat.
Abituriyentlar og’zaki suhbat kuni quyidagi ro’yxatdagi hujjatlarni taqdim etishlari shart:
1. Rektori nomiga ariza;
2. Ariza beruvchining fotosurati 3,5 sm x 4,5 sm gacha o’lchamda – portret – 6 dona;
3. Konvert – 2 dona;
4. Papka skoroshvatel – 2 dona.