2020 yil 14 mart kuni JICAning O’zbekistondagi qisqa muddatli o’quv dasturi bitiruvchilari assotsiatsiyasining yillik yig’ilishi bo’lib o’tdi. Unda O’zbekiston Respublikasi vazirlik va qo’mitalarning Yaponiyada JICA o’quv kurslarida ishtirok etgan vakillari, shuningdek JICA tashkiloti vakillari va Yaponiyaning O’zbekistondagi elchisi ishtirok etdilar. Tadbirga vazirliklar, institutlar va boshqa tashkilotlar vakillari, shu jumladan Toshkent Pediatriya Tibbiyot Instituti Innovatsiya Markazi xodimlari tashrif buyurdilar.
Yillik yig’ilishning ochilishi JICAning O’zbekistondagi vakolatxonasi boshlig’i – janob Takasaka Muneoning nutqidan va Yaponiyaning O’zbekistondagi Favqulotda va Muxtor elchisi – Fujiyama Yoshinorining kirish so’zidan boshlandi.
Tadbir ishtirokchilari, shu jumladan sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ITI, Respublika Perinatal markazi, O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti va O’zbekiston Bosh Prokuraturasi Akademiyasi vakillari o’z taqdimotlari va videoroliklarini taqdim etishdi, Yaponiyada JICA o’quv kurslari haqida va turli xil tibbiy uskunalar, imkoniyati cheklanganlar uchun sport anjomlari va uskunalari, “ta’lim sohasidagi korrupsiyaga qarshi kurash” mavzusida xalqaro konferensiya o’tkazish va boshqa shu kabi JICA yordamida amalga oshirilgan mini-loyihalar haqida so’zlab berdilar.
JICA dasturlari koordinatorlari taqdimot o’tkazdilar va JICAning loyihaviy takliflar qabul qilish shartlari, JDS o’quv dasturlari, O’zbekistonda JICA ko’ngillilari faoliyati va JICA qisqa muddatli o’quv kurslar dasurlari bitiruvchilari Assotsiatsiyasining 2020 yil uchun ish rejasi haqida ma’lumot berdilar.
Tadbir so’ngida tashrif buyuruvchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga JICA vakillaridan javob oldilar va JICA dasturlar koordinatori – Farhod Qurbonov nutqi bilan Tadbir yakunlandi.