O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 4 martdagi PQ-4326-sonli qarori bilan o’qishdagi muvaffaqiyatlari hamda ta’lim, fan, adabiyot, san’at, sport sohalarida erishgan alohida yutuqlari uchun 28 nafar iqtidorli qizlar Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

E’tiborlisi, taqdirlanganlar ichida Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Daovolash fakulteti 1-bosqich 101-DI guruh talabasi – Boltayeva Mohira Matyoqub qizi bor.

Boltayeva Mohira Matyoqub qizini Toshkent pediatriya tibbiyot institutining rahbariyati va jamoasi nomidan chin qalbimizdan tabriklaymiz va kelgusi ishlarida ulkan zafarlar tilaymiz.