Hurmatli talabalar!

Toshkent pediatriya tibbiyot institutida 2020 yil 1 apreldan boshlab sizlar uchun masofaviy ta’lim asosida o’qishlar tashkil qilinmoqda.

Masofaviy ta’lim platformasidan foydalanishni tashkil etish maqsadida kafedralar kesimida pedagogik mahorat, ahborot tehnologiyalari kompetentligiga ega juqori malakali professor-o’qituvchilar va o’quv-uslubiy bo’lim hamkorligida ishchi guruhlar shaklllantirilgan bo’lib, ular shu yo’nalishda tashkiliy-amaliy ishlarni olib bormoqda.

Talabalarga qulaylik yaratish maqsadida masofaviy ta’lim platformasi sifatida Moodle LMS tizimi va institut rasmiy sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardan foydalanilmoqda. Tasdiqlangan reja-grafik hamda talabalar dars jadvallari asosida fanlarning elektron o’quv resurslari va videodarslar ishlab chiqilmoqda hamda masofaviy ta’lim platformasiga joylashtirilmoqda.

Masofaviy faoliyat professor-o’qituvchilar tomonidan mahsus reja va dastur, grafik asosida (uyida o’tirgan holda) bajariladi.

Masofaviy ta’lim platformasi – Moodle tizimiga moodle.tashpmi.uz havolasi orqali ulansa bo’ladi hamda quyidagi “login” va “kalit” orqali kirib, dars jadvallari va tematik reja asosida har bir mashg’ulotni mustakil o’zlashtirib tizimdan foydalanish imkoniyati bor:

Login: student

Password: P@ssw0rd

Ushbu jarayon har bir bakalavriat va magistratura talabasining shahsiy mas’uliyatini talab etadi. Berilgan vazifalarni o’z vaqtida mustaqil o’zlashtirish zarur, zero karantin muddatidan so’ng topshiriqlar ijrosi, yozilgan konspektlar, testlarni va vaziyatli masalalarni ishlaganligini tahlil qilish va qilingan ishlar asosida talabalar bilimini baholash ko’zda tutilgan.

Karantin davomida masofaviy ta’limdan to’laqonli foydalanning va o’zingiz uchun bilim olishni to’htatib qo’ymang.