Qo’shni davlatlardagi (Qozog’iston Respublikasi, Qirg’iziston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi) oliy ta’lim muassasalaridan Toshkent pediatriya tibbiyot institutiga o’qishini ko’chirib kelgan talabalar diqqatiga!
O’zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o’qishga qabul qilish bo’yicha Davlat komissiyasi majlisining 2020 yil 28 fevraldagi 13-son bayoni hamda Sog’liqni saqlash vazirligining 2020 yil 4 martdagi 8-7-9/279-sonli hatda keltirilgan qo’shni davlatlardagi (Qozog’iston Respublikasi, Qirg’iziston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi) oliy ta’lim muassasalaridan Toshkent pediatriya tibbiyot institutiga o’qishini ko’chirib kelgan quyidagi 1-ilovada nomlari qayd etilgan talabalar belgilangan kurslari kesimida masofaviy ta’lim onlayn shakli bo’yicha o’qishini joriy yilning 6 aprel sanasidan boshlagan.
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti qabul komissiyasiga hujjatlarini taqdim qilishga ulgurmagan talabalar ham onlayn darslariga kurslar kesimida qatnashishi mumkin. Karantin muddati tugagandan so’ng hujjatlarni rasmiylashtirishni davom ettirishga ruhsat beriladi.
Talabalar Toshkent pediatriya tibbiyot institutiga qo’shni davlatlardan (Qozog’iston Respublikasi, Qirg’iziston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi) o’qishini ko’chirish to’g’risidagi ma’lumotlarni 2-ilovaga muvofiq tashkil etilgan ishchi guruhlari mas’ullariga jo’natishlari mumkin.
2-ilova
№ | F.I.Sh. | Lavozimi | Telefon raqami |
1. | Raxmatullayev A.A. | Fakultet dekani | +99890 355-48-78 |
2. | Nishantayev M.K. | 1-pediatriya fakulteti dekan muovini | +99890 910-56-89 |
3. | Islamov A.Y. | 2-pediatriya fakulteti dekan muovini | +99890 926-35-13 |
4. | Musurmonqulov J.М. | Tibbiy pedagogika va davolash fakulteti dekan muovini | +99898 363-28-21 |
Qabul kommissiyasi mas’ul kotibi,
A.A. Raxmatullaev