Toshkent pediatriya tibbiyot institutining faol talabalari Sardobaliklar uchun “Namunali oila” tanlovini tashkil qildilar
“15 may – Xalqaro oila kuni” munosabati bilan Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash vazirligi tomonidan tabiiy ofatdan jabr ko’rgan Sardoba va Oqoltin tumanlari oilalarini ma’naviy qo’llab-quvvatlash, bolalarning atrof muhit va salomatlik, gigiyena talablari, flora va fauna bo’yicha bilimlarini shakllantirish, ularning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish va ijtimoiy rag’batlantirish maqsadida “Namunali oila” tanlovi o’tkazildi.
Tanlovni Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash vazirligi va Sirdaryo viloyati Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash boshqarmasi xodimlari, O’zbekiston Ihtirochi ayollari markazi eksperti Feruza Gaibnazarova, Taekwon-Do ITF bo’yicha 2-DAN qora belboq sohibi, 13 karra O’zbekiston, 3 karra Osiyo, 6 karra Jahon chempionati sovrindori, “Mard o’g’lon” davlat mukofoti sohibi, sirdaryolik Toshkent pediatriya tibbiyot instituti talabasi Hamdamov Javlonbek va sirdaryolik Toshkent pediatriya tibbiyot instituti talabasi Gulhayo Bahtiyorovalar qiziqarli tarzda olib bordilar.
Batafsil: https://human.uz/site/inner/3521