Toshkent pediatriya tibbiyot instituti rektori, professor B.T.Daminov O’zbekiston-Rossiya yetakchi oliy ta’lim muassasalari rektorlarining mintaqalararo onlayn anjumanida qatnashmoqda.
2020 yil 27 may kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligi, Respublika Oliy ta’lim Kengashi hamda Rossiya rektorlar Kengashi va M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti tashabbusi bilan “O’zbekiston-Rossiya etakchi oliy ta’lim muassasalari rektorlarning mintaqalararo onlayn anjumani” o’tkazilmoqda.
Anjuman 2020 yilda Moskva shahrida o’tkazilishi rejalashtirilgan O’zbekiston va Rossiya Prezidentlari sammiti dasturiga kiritilgan O’zbekiston-Rossiya ikkinchi ta’lim forumiga tayyorgarlikning muhim bosqichi bo’lib hizmat qiladi.
Mintaqalararo onlayn anjumanda ikki mamlakatning yuqori martabali davlat hokimiyati organlari vakillari hamda 120 dan ortiq nufuzli oliy ta’lim muassasasi rektorlari ishtirok etmoqda.
Jumladan, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti rektori, professor B.T.Daminov ham ushbu anjumanda ishtirok etmokda.
Anjuman boshida Uzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Abdujabbor ABDUVAHITOV, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Administratsiyasi boshqarmasi boshlig’i Vladimir CHERNOV, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta mahsus ta’lim vaziri Inomjon MAJIDOV, Rossiya Federatsiyasi fan va oliy ta’lim vaziri Valeriy FALKOV kirish so’zlari bilan anjuman qatnashchilariga murojaat qildilar.
O’zbekiston Respublika oliy ta’lim kengashi raisi, Toshkent irrigaciya va qishloq ho’jaligini mehanizatsiyalash muhandislari instituti rektori O’.UMURZAKOV va Rossiya rektorlar kengashi raisi, M.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti rektori V.SADOVNICHIY yalpi majlisda ma’ruza bilan qatanashmokdalar.
Anjuman dasturi doirasida ikki davlat OTMlari rektorlari o’zaro hamkorlikni rivojlantirish barobarida dolzarb vazifa va masalalarni to’g’ridan-to’g’ri va ochiq muloqotda birgalikda muhokama qilishmokda.