Toshkent pediatriya tibbiyot institutida COVID-19ning bolalarda tashxisoti va davolash usullariga bag’ishlangan Sloveniyalik yetakchi mutaxassislari bilan birgalikda Xalqaro onlayn vebinar o’tkaziladi.

Hurmatli hamkasblar!

Toshkent pediatriya tibbiyot institutining neonatologiya va endokrinologiya, bolalar endokrinologiyasi kafedralari «COVID-19ni davolash va oldini olishda Sloveniya tajribasi» nomli Xalqaro onlayn vebinarda ishtirok etishga neonatologlar, pediatrlar, endokrinologlar, infektsionistlar, shuningdek, onlayn vebinarda ishtirok etishni istagan har bir tibbiyot hodimini taklif qiladi.

Moderatorlar:
– Sloveniyadan: prof. Bojana Beović, MD, PhD Head of the ID Consultancy Unit Department of Infectious Diseases University Medical Centre Ljubljana, Slovenia
– O’zbekistondan: Ismailov S.I. – t.f.d., professor, Toshkent pediatriya institutining endokrinologiya, bolalar endokrinologiyasi kafedrasi mudiri.

Sana: 2020 yil 27 may (chorshanba)    

Vaqt: 20:00 (Toshkent)

“ZOOM” platformasi orqali vebinarga ulanish mumkin.

Vebinar identifikatsion raqami: 828 3093 2683

Vebinar kodi: 793896

Onlayn vebinarga havola:
https://us02web.zoom.us/j/82830932683?pwd=UFU2amxqYXBiV2twd1R0WjMyUmZ0dz09

Vebinar dasturi:
Sloveniya va O’zbekiston ekspertlarini quyidagi mavzular bo’yicha so’zga chiqishi rejalashtirilgan:
1. COVID-19 pandemiyasi sharoitida O’zbekistonda sanitariya-epidemiologiya tadbirlari. (@koronavirusinfouz)
2. COVID-19ni davolash va oldini olishda Sloveniya tajribasi

Sloveniyalik mutahassislardan savol-javoblar:
• COVID-19 pandemiyasi davrida birlamchi tibbiy yordam ko’rsatish tajribasi
• COVID-19 pandemiyasi davrida bolalarni himoya qilish
SARS Cov-2 koronavirusi haqida nimalarni bilamiz
• COVID-19 epidemiyasini davolash uchun zamonaviy yondashuvlar (JSTT qo’llanmalari)
• Tsitokin bo’roni nima? Ular boshqarilishi mumkinmi?
• Koronavirus infektsiyasi tarqalishining oldini olish chora-tadbirlari
• Bolalarda koronavirusni tashhislash va davolash
• Reabilitatsiya va prognozlar.
• Pandemiyadan keyin nima sodir bo’ladi
• COVID-19 bolalarda, klinik holat.
• Qandli diabet yoki boshqa endokrin buzilishi bo’lgan bolalarda COVID-19 asoratlari