Hurmatli abituriyentlar!

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalariga o’qishga qabul qilish, talabalar o’qishini ko’chirish, qayta tiklash va o’qishdan chetlashtirish tartibi to’g’risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 2017 yil 20 iyundagi 393-son qarorining 1-ilovasi “Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni o’qishga qabul qilish tartibi to’g’risida”gi Nizomiga asosan hujjatlar qabul qilinadi. Ushbu Nizomga asosan hujjatlarni qabul qilish 15 iyundan 15 iyulgacha (shu kuni ham) etib belgilangan.

2020/2021 o’quv yiliga ro’yhatdan o’tish onlayn tarzda amalga oshiriladi. Davlat test markazining abitur.dtm.uz veb sahifa orqali amalga oshiriladi (video-qo’llanma ilova qilinadi). Ushbu qo’llanma bilan yaxshilab tanishib chiqing va qabul jarayonlari boshlanganda sinchkovlik bilan onlayn ro’yhatdan o’ting. Bu yil barcha mas’uliyat faqat o’zingizning zimmangizda bo’ladi, hato qilib qo’yib, qaysidir operator yoki hodimni ayblab yurishdan foyda yo’q.

Institutimizda 2020/2021 o’quv yiliga qabul jarayoni bo’yicha Call-markaz tashkil etiladi va 15 iyundan o’z ish faoliyatini boshlaydi, telefon orqali sizni qiziqtirgan ma’lumotlarni olishingiz mumkin bo’ladi (telefon raqamlari qo’shimcha e’lon qilinadi).

Abituriyentlar diqqatiga! Bu o’quv yiliga qabul parametrlari tasdiqlangunga qadar, vaqtincha o’tgan yilgi ya’ni 2019/2020 o’quv yiliga o’qishga qabul parametrlarini ilovada havola qilib turamiz (tanishib chiқishingiz uchun).

ToshPTI qabul kommissiyasi mas’ul kotibi, A.A. Rahmatullaev

Davlat test markazining (DTM) rasmiy veb sayti orqali ro’yhatdan o’tish bo’yicha yo’riqnoma