“30 iyun – O’zbekiston Yoshlari kuni” munosabati bilan Toshkent pediatriya tibbiYot instituti rektori tabrigi

ташпми

Qadrli yoshlar, aziz talabalar!

Siz, aziz o’g’il-qizlarimni, sizlarning timsolingizda O’zbekiston yoshlarini yurtimizda keng nishonlanayotgan yoshlar kuni bilan chin qalbimdan tabriklayman.

Ushbu qutlug’ ayyomda men yoshlik inson umrining naqadar go’zal va beg’ubor fasli, ulkan orzu-umidlar, beqiyos imkoniyatlar davri ekanini yanada chuqur his qilib, siz, bizning navqiron farzandlarimizga eng ezgu tilaklarimni izhor etaman.

Mana shunday quvonchli kunda, avvalo, yurtimizda keyingi paytda yoshlar bilan ishlash bo’yicha mutlaqo yangi tizim asosida ishlar olib borilyatgani, talaba-yoshlarimizning ijtimoiy faolligi, institut hayotida munosib hissa qo’shib ishtirok etayotganini barchamiz minnatdorlik bilan e’tirof etamiz.

Shu asosda yosh avlodimizning fuqarolik pozitsiyasi va faolligini kuchaytirish, uni mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puhta egallab, halqaro maydonda raqobatga kirisha oladigan barkamol shahslar etib tarbiyalash bo’yicha sezilarli ishlar amalga oshirilmoqda.

2019-2020 o’quv yili davomida institutimiz yoshlari bir qancha tanlovlarda ham yutuqlarga erishdilar, jumladan fan olimpiadalari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli Davlat stipendiyalari, “Zulfiya” davlat mukofoti, turli halqaro anjumanlar, olimpiadalar va tanlovlar, hamda sport musobaqalarida g’oliblik va fahrli o’rinlarni qo’lga kiritib kelmoqdalar.

Eng muhimi, yoshlar bilan doimiy muloqot olib borish, ularning bandligini ta’minlash, hayotda o’z o’rnini topishi, jamiyatning munosib a’zolariga aylanishi, mehnat va turmush sharoitlarini yahshilash vazifasi barchamizning kundalik faoliyatimiz mezoniga aylanib bormoqda.

Kelajagimiz egalari bo’lgan yoshlarimizning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularning orzu-intilishlari, qobiliyat va salohiyatini ro’yobga chiqarish olib borayotgan davlat siyosatining eng muhim va ustuvor yo’nalishi bo’lib, bu yo’lda ulkan ishlarni amalga oshirayotganiligi sizlarga yahshi ma’lum, albatta.

Aziz farzandlarim!

Bugungi kunda mamlakatimizni yangilash va modernizatsiya qilish, uni innovatsion asosda rivojlantirish, o’z oldimizga qo’ygan ko’p qirrali va murakkab vazifalarni amalga oshirish maqsadida biz zamonaviy va kreativ fikrlaydigan, har qanday vaziyatda ham mas’uliyatni o’z zimmasiga olishga qodir bo’lgan, g’ayrat-shijoatli, intellektual salohiyati yuksak, vatanparvar yosh kadrlarga davlat va jamiyat boshqaruvida muhim vazifalarni ishonib topshirmoqdamiz.

Siz, jondan aziz o’g’il-qizlarimizdan faqat bitta iltimosimiz, bitta tilagimiz bor: ota-onalaringiz, ustoz-murabbiylaringiz, halqimizning sizlardan kutayotgan orzu-umidlarini amaliy ishlar bilan ro’yobga chiqarish yo’lida hormang, charchamang!

O’z maqsadlaringiz sari qo’rqmasdan qadam tashlang! Ishonaman, siz albatta maqsadingizga erishasiz!

O’qish-o’rganish, doimiy izlanish, ilm-fanga, taraqqiyot cho’qqilarini egallashga intilib yashash doimo hamrohingiz bo’lsin!

Men sizlarning har biringizga el-yurtimiz fahrlanadigan, jonajon O’zbekistonimizning munosib farzandi, haqiqiy inson bo’lish bahti nasib etishini hamda kuch-g’ayrat va shijoat sizlarni hech qachon tark etmaslgini tilayman.

Sizlarni Yoshlar kuni bilan yana bir bor samimiy tabriklab, barchangizga yangi yutuqlar, baht va omad tilayman.

Hamisha sog’-omon bo’ling, aziz yoshlar!

Toshkent pediatriya tibbiyot instituti rektori,
professor B.T.Daminov