Hurmatli abituriyentlar!

O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlsh vazirining 2020 yil 16 iyuldagi 190-son buyrug’iga muvofiq hamda koronavirus infektsiyasi bilan bog’liq pandemiya sharoitida abituriyentlarga qulaylik yaratish maqsadida 2020/2021 o’quv yilida klinik ordinatura (rezidentura) mutaxassisliklariga o’qishga qabul qilishda abituriyentlarni ro’yhatdan o’tkazish qabulni ommaviy axborot vositalarida tanlov e’lon qilingan kundan boshlab, joriy yilning 22 avgustiga qadar (22 avgust kuni ham) bo’lgan muddatda onlayn tarzda Toshkent pediatriya tibbiyot institutining rasmiy veb-saytida quyidagi havola orqali amalga oshiriladi:
https://docs.google.com/forms/d/1BVjBqKELAAdfdzfdsLghiWDIf3TUPrA9bmcW1V4y_5g

O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlsh vazirining buyrug’idan ilova va 2020/2021 o’quv yilida kinik ordinatura (rezidentura) bo’yicha davlat buyurtmasi asosida o’qishga qabul qilish parametrlari ilova qilinadi.

Klinik ordinatura (rezidentura)ga tanlov test sinovlar yordamida amalga oshiriladi.

Klinik ordinatura (rezidentura)gaa kirish test sinovlarini o’tkazish sanasi institut rasmiy veb-sayti orqali e’lon qilinadi.

Institutimizda 2020/2021 o’quv yiliga qabul jarayoni bo’yicha Call-center tashkil etilgan va siz telefon orqali qiziqtirgan ma’lumotlarni olishingiz mumkin bo’ladi.

Telefon raqamlar:
+99895 1440727;
+99878 1505151.