O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi majlisining 2-sonli bayoni (11.08.2020 y., 01-07/1-1400) ijrosini ta’minlash, shuningdek koronavirus infektsiyasi bilan bog‘liq pandemiya sharoiti yumshatilishini inobatga olib, abituriyentlarga qulaylik yaratish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqash vazirligining 2020 yil 16 iyuldagi “2020/2021 o‘quv yilida klinik ordinatura (rezidentura)ga qabul qilish to‘q‘risida”gi 190-sonli buyrug‘iga o‘zgartirish kiritildi.

Shuni munosabati bilan 2020/2021 o‘quv yilida klinik ordinatura (rezidentura)ga hujjatlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish muddatlari 15 sentabrga qadar (shu kuni ham) uzaytirildi.

Hujjatlarni onlayn tarzda ro‘yxatdan o‘tkazish faqat Toshkent pediatriya tibbiyot institutining rasmiy veb-saytida quyidagi havola orqali amalga oshiriladi:
https://docs.google.com/forms/d/1BVjBqKELAAdfdzfdsLghiWDIf3TUPrA9bmcW1V4y_5g

Izoh: * – Abituriyent oqishga qabul qilinganidan song topshirilgan hujjatlarning asl nusxalarini taqdim etadi. Agar hujjatlarning asl nusxalari soxtalashtirilgan bolsa, sinov natijalari bekor qilinadi.