2020/2021 o’quv yilida magistraturaga o’qishga kirish uchun ro’yhatdan o’tgan abituriyentlar uchun maqsadli qabulga tanlovda ishtirok etish maqsadida
HUJJATLARNI QAYTA TAHRIRLASH TARTIBI
Jarayon qanday tarzda amalga oshiriladi?
1. Maqsadli qabul bo’yicha tanlovda ishtirok etish uchun hujjatlarini qayta tahrirlash faqatgina magistraturaga o’qishga kirish uchun www.magistr.edu.uz veb-platformasi orqali onlayn tarzda ro’yhatdan o’tgan abituriyentlar uchun amalga oshiriladi.
2. Ro’yhatdan o’tgan abituriyentga o’zi tanlagan oliy ta’lim muassasasi va mutaxassislikni o’zgartirgan holda, maqsadli qabul belgilangan mutaxassislik bo’yicha tanlovda ishtirok etish uchun hujjatlarini qayta tahrirlash huquqi beriladi.
Bunda:
Abituriyent quyidagi shartlarni inobatga olgan holda maqsadli qabul ko’rsatkichlari ajratilgan oliy ta’lim muassasasiga yozma ariza bilan murojaat qiladi:
– abituriyent tegishli mutaxassislik negizidagi mos bakalavriat ta’lim yo’nalishini tugatgan bo’lishi shart;
– abituriyent kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli o’tib, talabalar safiga qabul qilingach, o’qishni tamomlagandan so’ng mazkur oliy ta’lim muassasasida kamida 5 yil ishlash sharti belgilangan uch tomonlama shartnomani imzolashga rozi bo’lishi kerak.
Masalan, Termiz davlat universitetining tegishli magistratura mutaxassisligi bo’yicha Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti uchun alohida maqsadli qabul ko’rsatkichi tasdiqlangan bo’lsa, abituriyent Denov tadbirkorlik va pedagogika institutiga ariza bilan murojaat qiladi.
3. Shundan so’ng, maqsadli qabul ko’rsatkichlari ajratilgan oliy ta’lim muassasalari abituriyentlarning arizalarini umumlashtirgan holda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligiga murojaat qiladi.
4. Abituriyentlar arizalari va oliy ta’lim muassasalari murojaatlari asosida vazirlik texnik ishchi guruhi tomonidan www.magistr.edu.uz platformasidagi abituriyentlarning hujjatlari tahrirlanadi.
Abituriyentlarga maqsadli qabul uchun hujjatlarini qayta tahrirlashga 2020 yilning 21 avgustiga qadar (21 avgust kuni ham) ruhsat berilgan.
Magistraturaga maqsadli qabul bo’yicha barcha savollar yuzasidan Qabul komissiyasining mas’ul xodimiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qiling:
+99897 775-25-35 — Bilim Aldemuratovich