O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirining 2020 yil 20 avgustdagi 215-sonli buyrug’iga asosan 2020/2021 o’quv yilida Toshkent pediatriya tibbiyot instituti birlamchi maqsadli ixtisoslashtirish kurslariga (internatura) ga qabul boshlanganligi to’g’risida e’lon qiladi.

2020/2021 o’quv yili birlamchi maqsadli ixtisoslashtirish kurslari (internatura) ga qabulida hujjat topshiruvchilarga koronavirus infeksiyasi bilan bog’liq pandemiya sharoitida qulaylik yaratish maqsadida ro’yhatdan o’tish jarayoni onlayn tarzda Toshkent pediatriya tibbiyot institutining rasmiy veb-saytida – www.tashpmi.uz quyidagi havola orqali amalga oshiriladi:
https://docs.google.com/forms/d/1tkc2kNxBgb4JQpFpEmRp6eCg3gtoc-FQMM0kA83n7UQ/edit

Birlamchi maqsadli ixtisoslashtirish kurslariga (internatura) ga qabulni ommaviy axborot vositalarida tanlov e’lon qilingan kundan boshlab, joriy yilning 4 noyabrigacha (shu kuni ham) amalga oshiriladi.

Birlamchi maqsadli ixtisoslashtirish kurslariga (internatura) ga Sog’liqni saqlash vazirligi tizimidagi davlat tibbiyot muassasalari va hududiy sog’liqni saqlash tashkilotlari tomonidan tegishli sohalarda kadrlar tanqisligini inobatga olgan holda shakllantirilgan talabnomalarga asosan umumiy amaliyot shifokorlari qabul qilinadi.

Birlamchi maqsadli ixtisoslashtirish kurslariga (internatura) ga tanlov test sinovlar yordamida amalga oshiriladi.

Birlamchi maqsadli ixtisoslashtirish kurslariga (internatura) ga qabul test sinovlarini o’tkazish sanasi, institut rasmiy veb-sayti www.tashpmi.uz orqali e’lon qilinadi.

Eslatma:* – Abituriyent oqishga qabul qilinganidan song topshirilgan hujjatlarning asl nusxalarini taqdim etadi. Agar hujjatlarning asl nusxalari soxtalashtirilgan bolsa, sinov natijalari bekor qilinadi.

2020/2021 o’quv yilida Toshkent pediatriya tibbiyot institutida birlamchi maqsadli ixtisoslashtirish kurslari (internatura) bo’yicha davlat buyurtmasi asosida o’qishga qabul qilish parametrlarining mutaxassisliklar bo’yicha taqsimlanishi