Hamyurtlari salomatligi va manfaati uchun fidokorona xizmat qilgan ToshPTI ko’ngilli talabasi «Mehr-saxovat» ko’krak nishoni bilan taqdirlandi
Milliy qadriyat va an’analarimizni munosib davom ettirib, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularga beminnat ko‘mak berish borasidagi ishlarni umumxalq harakati darajasiga ko‘tarishga katta hissa qo‘shgan Toshkent pediatriya tibbiyot instituti 2-Pediatriya va tibbiy-biologiya fakulteti 4-bosqich talabasi Bekenova Aziza ushbu mukofotga loyiq deb topildi.
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti jamoasi o’z hayotini xavf ostiga qoʻyib boʻlsada sinovli kunlarda ezgu ishlari hamda beg‘araz yordami bilan ko‘pchilikka alohida o‘rnak bo‘lgan talabamizni yuksak e’tirof bilan qutlaydi, ishlarida omad va rivoj tilaydi.
Mehribonlik, ochiq ko’ngillilik va bag’rikenglik xislatlari barchamizni hech qachon tark etmasin!