2020 yil 14 noyabr kuni AOKAda oliy ta’lim muassasalarida o’quv jarayonini an’anaviy shaklda davom ettirish bilan bog’liq masalalar yuzasidan matbuot anjumani o’tkazildi.

ташпми

Unda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi bosh boshqarmasi boshlig’i Abduvali HOLIQOV, Axborot hizmati rahbari Farhad BABASHEV, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari o’rinbosari Botir QURBONOV, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori Gulchehra RIHSIYEVA ishtirok etdi.

Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan talabalar va ularning ota-onalari orasida o’quv jarayonini an’anaviy shaklda boshlash bo’yicha jamoatchilik fikrini o’rganish maqsadida 2020 yil 19-21 oktabr kunlari onlayn ijtimoiy so’rovnoma o’tkazildi. O’tkazilgan so’rovnoma natijalariga ko’ra, oliy ta’lim muassasalarida o’quv jarayonini an’anaviy shaklda boshlashni hohlovchilar 345 428 nafarni (82%), masofaviy shaklda davom ettirishni hohlovchilar 75 808 nafarni (18%) tashkil etdi.

OTMlardagi auditoriya va honalar o’quv jarayoniga Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati hududiy bo’linmalari bilan birgalikda tayyorlanadi. OTMlarda darslarni juftliklar shaklida o’tkazish an’anasidan voz kechilib, juftliklarga ajratilgan vaqt o’rtasida o’quv xonalarini shamollatish maqsadida 5-10 minutlik tanaffuslar joriy etiladi. Har bir oliy ta’lim muassasasida hududiy Sog’liqni saqlash birlashmalari, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati vakillari jalb qilingan holda tezkor Shtab tashkil etiladi.

OTMlardagi o’quv auditoriyalari va umumiy foydalanish xonalari Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati hududiy bo’linmalari bilan birgalikda o’quv jarayoniga tayyorlanadi. O’quv va yordamchi binolarda, talabalar turar joylarida belgilangan tartibda dezinfeksiya ishlari amalga oshiriladi. Oliy ta’lim muassasalari va talabalar turar joylari pirometr, dozator va antiseptik vositalar bilan jihozlanadi. Talabalar turar joylarida kasallikka chalingan talabalarni izolyatsiya qilish uchun «Qizil zona» – izolyator tashkil etiladi. Kurslar kesimida o’quv jarayonini tashkil etish sxemasi ishlab chiqilib, tabaqalashtirilgan vaqt soatlari asosida dars jadvallari tuziladi.

Manba: Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Axborot xizmati