Kuni kecha Toshkent pediatriya tibbiyot institutining bir guruh faol ko’nglli talabalari va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan Toshkent shahrining Yunusobod tumandagi «Uvaysiy» MFYda mahalla aholisi bilan sog’lom turmush tarzi, sog’lom ovqatlanish, salomatlik va shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish mavzulariga bag’ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv chog‘ida ko’nglli yoshlar sog’lom turmush tarzi, uning ahamiyati, sog’lom ovqatlanish, organizm uchun foydali mahsulotlar haqida mahalla aholisiga batafsil ma’lumot berib o‘tdilar hamda ular bilan fikr almashdilar.
Uchrashuv mazmunli, qiziqarli, qizg‘in hamda savol-javoblarga boy bo‘ldi. Mahallada istiqomat qiluvchi fuqarolar va yoshlar ham o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.