Joriy yilning 11-dekabr kuni xalqaro ekspertlar ishtirokida «Erasmus best practices» veb-seminari bo’lib o’tdi. Tashkilotchilar Arad universiteti vakillari (Ruminiyadagi «Vasile Goldish G’arbiy Universiteti»). So’zga chiqqanlar: ushbu universitet prorektori, professor Kristian Bente va Kraguyevats universiteti tibbiyot fanlari fakulteti, psixiatr, doktor Dragana Ignatovich Ristichga (Dragana Ignjatovich Ristic, tibbiyot fanlari doktori, psixologiya fanlari doktori, tibbiyot fakulteti, Serbiya, Kraguyevats universiteti) berildi.
Uchrashuv davomida Kristian Bente pandemiya vaqtida talabalarga «Pandemiya vaqtida ta’lim – qiyinchilik va imkoniyatlar» taqdimoti orqali o’quv jarayoni haqida gapirdi. Hozirda Arad universiteti talabalari masofaviy ta’lim olmoqdalar. Ta’lim jarayonida Moodle (materiallardan foydalanish, yozma imtihonlar) va Google Classroom (seminarlar uchun), Google Meet (og’zaki imtihonlar) veb-platformalaridan foydalaniladi. Bundan tashqari, ushbu bosqichda yechim izlayotgan ba’zi muammolar sanab o’tildi: talabalarni ham, o’qituvchilarni ham yangi dasturlar, tizimlar, bilan ishlashga o’rgatish, texnik muammolar, onlayn tartibda yuqori sifatli ta’lim berish, xalqaro hamkorlikni tashkil etish va h.k. Nutq yakunida professor, an’anaviy (oflayn) tizimga qaytish qiyin bo’lishi borasida qo’rquv borligini ta’kidlab o’tdi.
Ikkinchi ma’ruzachi – Kraguyevats universiteti (Serbiya) tibbiyot fanlari fakulteti xodimi, psixiatr, doktor Dragana Ignatovich Ristich edi. Shifokor “Mental health of students and academic staff in the new reality” mavzusida taqdimot qildi. Doktor Ignatovich va uning hamkasblari universitet talabalari o’rtasida so’rov o’tkazib, to’plangan ma’lumotlarni tahlil natijalarini ilmiy jurnalda nashr etdilar. Doktor Ignatovichning so’zlariga ko’ra, respondentlarning asosiy qismi (57%) pandemiya paytida stressni boshidan kechirmagan (Serbiyada karantin 2020 yil mart-may oylarida joriy qilingan). Faqat 16% so’rov qilinganlar sezilarli stressga ega bo’lganliklari aniqlandi. Natijalar DASS Depression, Anxiety and Stress Scale), BRS (Brief Resilience Scale) uslublari bo’yicha baholandi.