Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi hamda IT Park tomonidan digitaleconomy.it-park.uz onlayn platformasida talabalar uchun 9 ta yo’nalishda (qishloq ho’jaligi, bank sohasi, qurilish, transport, sog’liqni saqlash, energetika, yer resurslari, geodeziya, kartografiya, davlat kadastri hamda geologiya, mineral resurslar) vazirlik va idoralarni raqamlashtirish bo’yicha tanlov e’lon qiladi.
Tanlovda oliy va or’ta maxsus ta’lim muassasalari yuqoridagi yo’nalishlarida o’zlarining loyihalari bilan ishtirok etishlari ko’zda tutilgan hamda unda ishtirok etish uchun arizalarni qabul qilish boshlangan / Ma’lumot uchun: tanlovda ariza berishning oxirgi muddati 2020 yil 16 dekabr.
Tanlov o’tkazish bosqichlari:
1-bosqich: eng yaxshi loyihalar tanlovi va saralashi. Ro’yhatdan o’tish 2020 yil 16 dekabrga qadar (shu kuni ham) davom etadi;
2-bosqich: yo’nalishlar bo’yicha o’zaro harakatlar va davlat tashkilotlari bilan hamkorlik doirasida loyihalar akseleratsiyasi;
3-bosqich: eng yaxshi loyihalarni iqtisodiyot va moliya sohalariga tadbiq qilish.
Ro’hatdan o’tish quyidagi veb-sayt orqali amalga ishiriladi:
https://digitaleconomy.it-park.uz/
Batafsil ma’lumotlarni quyidagi veb-sayt orqali olish mumkin:
https://clck.ru/S8P7w
Qo’shimcha savollar bo’yicha murojaat uchun:
+998 93 184 51 84 – Karimova Oydin