ToshPTI Innovatsiya Markazi va IT PARK O’zbekiston tomonlar uchrashuvi

2021 yil 8 yanvarda IT PARK texnoparki va ToshPTI Innovatsiya Markazi vakillari o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuvda ToshPTI IM direktori Sh.P.Ashirbaev, yangi o’qitish uslublarini ishlab chiqish va tatbiq etish bo’yicha mutaxassis I.P.Vixrov, matbuot xizmati rahbari – institut matbuot kotibi X.A.Abidov va IT PARK loyihalar menejeri Sultanova Ismina, inkubatsiya rivojlantirish bo’yicha menejer yordamchisi Musurmanqulova Madina va hamkasblar ishtirok etdilar. Uchrashuv davomida ITPARK bazasida olib borilayotgan ishlar asosida kelajakdagi mumkin bo’lgan hamkorlik va ToshPTI asosida ochiq inkubatsiya markazi masalalari muhokama qilindi.


2019 yil 24 iyulda Toshkentda O’zbekiston Respublikasida birinchi IT-park ochildi. Ushbu qisqa vaqt ichida IT Park tomonidan 28 ta yangi startap ishga tushirili, axborot texnologiyalari sohasida o’nlab loyihalar yaratildi, shuningdek, mamlakatimiz yoshlarini ushbu sohaga qiziqishini rag’batlantirish va aholi o’rtasida kompyuter savodxonligini rivojlantirishga qaratilgan treninglar, seminarlar va uchrashuvlar shular jumlasidandir.


Startap – bu kengaytiriladigan biznes modelini topish va amalga oshirish uchun mo’ljallangan vaqtinchalik tuzilish. Oddiyroq so’zlar bilan aytganda, siz startapni biznesni muvaffaqiyatli rivojlanishidan keyin foyda olish maqsadida yaratilgan yangi tijorat loyihasi deb belgilashingiz mumkin.

Inkubatsiya. Har qanday startap loyihasining asoschisi – inson miyasida paydo bo’lgan g’oya. Ushbu g’oya inkubatsiya dasturi bilan birga keladi. Muallif o’zining «buyuk g’oyasi» bilan chiqadi va inkubatsiya dasturi esa, uni mahsulot va mijozlarga o’z xizmatlari yoki tovarlarini taklif qiluvchi kompaniya yaratish shaklida «iste’mol qilish» ga tayyor bo’lgan yakuniy mahsulotga darajasiga yetkazadi.

Kelishuv doirasida yaqin kelajakda ToshPTI va IT Park o’rtasida bugungi uchrashuv davomida hamkorlik to’g’risidagi memorandum va bitim imzolanishi haqida kelishuv aniqlandi, shuningdek qo’shma tashabbusni amalga oshirish bo’yicha amaliy ishlar boshlanadi.