2021 yil 22-yanvar kuni ToshPTI Innovatsiya markazi tomonidan «ToshPTI o’qituvchisi portfoliosi» veb-loyihasi uchun mualliflik guvohnomasini olindi.

Ushbu platforma 2020 yil mart oyida tatbiq etilgan bo’lib, universitetning barcha professor-o’qituvchilari faoliyati haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga oladi.


Avtomatlashtirilgan ma’lumotlar bazasi – bu o’qituvchining ilmiy-tadqiqot, o’quv-pedagogik, ma’naviy-ma’rifiy, tibbiyot, xalqaro va boshqa tashkiliy sohalardagi faoliyatini yoritib boruvchi veb-platforma. Oliy o’quv yurti o’qituvchisi tegishli ilmiy darajasi va diplomini, konferentsiyalarda, simpoziumlarda va boshqa ilmiy tadbirlarda qatnashganligi to’g’risidagi guvohnomalarni, malaka oshirish to’g’risidagi hujjatlarni, ilmiy nashrlarda maqolalar va tezislarni nashr etish to’g’risidagi hujjatlarni ma’lumotlar bazasiga yuklashi mumkin.


Hujjatlar PDF formatida yuklanadi. Ushbu platformaning afzallik tarafi shundaki, u o’qituvchilarga o’z yutuqlarini namoyish etish imkoniyatini berib, shu bilan birga, oliy o’quv yurti ma’muriyati har bir pedagogning faoliyatini kuzatishi va nazorat qilishi mumkin. Ushbu veb-platformaning asosiy maqsadi – oliy o’quv yurti professor-o’qituvchilarining kasbiy salohiyatini oshirish, natijada, oliy o’quv yurti reytingini yuqori marralarga olib chiqish.