2021-yil 27-mart kuni Toshkent Pediatriya Tibbiyot Instituti Innovatsiya Markazida fakultet dekan muovinlari ishtirokida o’quv trening bo’lib o’tdi. Bu treningda IM direktori Sh. P. Ashirbayev va Markaz mutaxassislari Sh. O. Muxtorova va M. G’. Tolibova ishtirok etishdi. Taqdimotni IM direktori Sh. P. Ashirbayev ochib berdi va bu o’quv treningda dushanba kuni ishga tushirilayotgan Talaba moduli haqida qisqacha ma’lumot berib o’tdi. Taqdimot davomida ishtirokchilarni virtu.tashpmi.uz tizimidan foydalanishlari uchun o’quv qo’llanma, video qo’llanma va talabalar uchun qisqacha qo’llanma bilan ta’minlashdi.
IM mutaxassisi Sh.O. Muxtorova o’sha vaqtning o’zida jarayonni batafsil ko’rsatib o’tdi. Bunga ko’ra, endi talaba o’z shaxsiy kabinetiga ega bo’lib, har kunlik baholarini ko’rib borish va kuzatish imkoniyatiga ega bo’ladi. Talabalar buning uchun o’z fakultet dekanatiga murojaat etib o’z elektron manzillarini berishlari, dekanat o’z navbatida Elektron jurnalga kiritishlari kerak bo’ladi. Tizim esa avtomatik ravishda talabalarga aktivatsiya xati jo’natib, aktivatsiyadan o’tgan talabalar esa Elektron jurnalga kirish uchun login va parol olishlari mumkin bo’ladi.Taqdimot so’nggida barcha ishtirokchilar o’zlarining qiziqtirgan savollariga aniq va to’liq javob olishdi va shuningdek, ulardan taklif va mulohazalar so’ralganda, ‘’II pediatriya va Tibbiy biologiya’’ fakultet dekan muovini D. A. Qarshiyev bergan taklifi inobatga olindi.