Shu yilning 26 may kuni Buhoro shahridagi “Sahid Zarafshon” mehmonhonasida O’zbekiston va Rossiya oliy ta’lim muassasalari rektorlarining uchinchi mintaqalararo anjumani tashkil etiladi.
Mazkur anjuman doirasidagi tadbirlarda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Administratsiyasi, Rossiya Federatsiyasi Fan va ta’lim vazirligi, Maorif vazirligi, “Rosobrnadzor” tashkiloti mas’ul rahbarlari va 20 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari rektorlarining ishtirok etishi ko’zda tutilgan.
Anjumanda ta’lim sifatini oshirish, ilmiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish va ish beruvchilar ehtiyojlariga muvofiq oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash, Moskva shahrida joriy yil kuzida rejalashtirilgan ikkinchi Ta’lim forumining tashkiliy va mazmuniy masalalari muhokama etilishi kutilmoqda.
Shu bilan birga yig’ilishda oliy ta’lim muassasalariaro qator hamkorlik shartnomalarini imzolash rejalashtirilgan.
Shuningdek, 27 may kuni Toshkent shahrida O’zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi iqtisodiy hamkorlik bo’yicha hukumatlararo komissiyasi Fan va ta’lim bo’yicha quyi komissiyasining yig’ilishi ham bo’lib o’tadi.
Unda mehmonlar Toshkent shahridagi “D.I. Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti” Federal davlat byudjeti oliy ta’lim muassasasi filiali binosining tantanali ochilish marosimida ishtirok etadilar.
Manba: Axborot xizmati