Toshkent pediatriya tibbiyot instituti 2021/2022 o’quv yili uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari (Ibn Sino, Islom Karimov) uchun nomzodlarni saralashning I-bosqichiga hujjatlar qabuli boshlanganligi to’g’risida e’lon qiladi.

Tanlovda Davlat stipendiyalari to’g’risidagi Nizom va ularni tajinlash TARTIBIga asosan:

  • O’zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi uchun barcha fanlari a’lo “5” baho bo’lgan 2-bosqich magistratura va 5-bosqich bakalavriat talabalari;
  • Islom Karimov, Ibn Sino nomli davlat stipendiyalari uchun 1-bosqichdan boshlab 25% yaxshi “4” baho, qolgan barcha fanlari a’lo “5” baho bo’lgan 4-5-bosqich bakalavriat talabalari qatnashish imkoniga ega.

2021/2022 o’quv yili uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari (Ibn Sino, Islom Karimov) uchun nomzodlarni saralashning I-bosqichiga hujjatlar topshirish oxirgi sanasi 2021 yil 22 iyun.

Batafsil ma’lumot uchun Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo’limiga murojaat qiling:
Karimova Ziyoda Kushbayevna
Telefon: +998977046182

Toshkent pediatriya tibbiyot institutining rasmiy Telegram kanali
https://t.me/joinchat/AAAAAEWXCZVyD3l3YAR2zg