2021 yil 29 may kuni Rossiya Federatsiyasi Sog’liqni saqlash vaziri M.A.Murashko boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasi O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vaziri A.M.Xadjibayev hamrohligida Toshkent pediatriya tibbiyot institutiga tashrif buyurdi.

Tashrif chog’ida institut foyesidagi Toshkent pediatriya instituti rektori Rossiya-O’zbekiston hamkorligining yangi tarixini aks ettiruvchi videolavhani taqdim etdi. Shuningdek, B.T.Daminov institut faoliyati to’g’risida qisqacha to’xtalib o’tdi. Shundan so’ng rektor delegatsiyani institut muzeyi bilan tanishtirdi, u erda mehmonlarni institutning tashkil etilgan paytidan to hozirgi kungacha bo’lgan tarixi bilan tanishtirdi.

Bundan tashqari, vazir institutning faxriy mehmonlari kitobiga iliq tilaklar bilan yozuv qoldirdi.

Institut rektori delegatsiyani o’quv auditoryalar va institut ma’ruzalar majmuasi bilan tanishtirdi. Institut talabalari uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishish paytida Rossiya Federatsiyasi Sog’liqni saqlash vaziri M.A.Murashko institutning yuqori texnologik jihozlanganligini va yaxshi moddiy-texnik bazasini alohida ta’kidlab o’tdi.

Yoshlar anjumanlar zaliga tashrifi chog’ida M.A.Murashkoga O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Yoshlar forumidagi nutqidan iqtibos bilan zalning devori tanishtirildi. Vazir ushbu so’zlarning tarjima qilishni iltimos qildi: «Yoshlar – bebaho boyligimiz, kuch-qudratimiz va buyuk kelajagimiz timsoli». Rossiya Federatsiyasi Sog’liqni saqlash vazirligi rahbari respublika Prezidenti tomonidan O’zbekiston yoshlariga ko’rsatilayotgan katta e’tibor va katta ahamiyatni quyidagi so’zlar bilan ta’kidladi: «Qarang, Prezident mamlakat yoshlarini bebaho boylik sifatida ularni qanday qadrlaydi».

Shuningdek, tashrif davomida mehmonlar institutning zamonaviy texnik vositalari bilan jihozlangan Innovatsiya markazi negizidagi IT-parki bilan tanishdilar, bu yerda institut talabalari va yosh mutaxassislari yangi texnologiyalar va dasturlarni yaratish va amaliyotga tadbiq qilish ustida ishlamoqdalar.

Shuningdek, M.A.Murashko talabalar mashg’ulotlarida qatnashdi va talabalar bilan suhbatlashdi. Suhbat davomida vazir talabalarga omad tilab, quyidagilarni aytdi: “Sizlar hammangiz tibbiyotga yuragingizning chaqirig’i bilan keldingiz, shuning uchun sizga katta omad va bu kunlar yodingizda qolishini tilayman. Ayniqsa, sizlar uchun shunday yaxshi sharoitlar yaratilgan davrda».

Bundan tashqari, mehmonlarga tananing anatomik qismlari tasvirlangan tibbiy rasmlar va lotin tilidagi tibbiy maqollar aks ettirilgan institutning o’quv binosi devorlari taqdim etildi. M.A.Murashko va delegatsiyaning boshqa a’zolari ushbu g’oyani yuqori baholadilar va shunday dedilar: “Ajoyib. Ushbu rasmlar va iboralar talabalar uchun haqiqiy o’quv va tibbiy muhit yaratadi. Ko’rinib turibdiki, institut shunchaki ta’mirlanmagan, unga jon bilan yondoshilgan va bu yerda butun jamoa ish olib borgan».

Shundan so’ng ToshPTI rektori delegatsiya vakillariga esdalik sovg’alarini topshirdi.

ToshPTIga tashrifi yakunida institut rektori delegatsiyani kampus shaklida yaratilgan institutning infratuzilmasi bilan tanishtirdi va institut simulyatsiya markazining tashqi ko’rinishini namoyish etdi. Shundan so’ng delegatsiya samimiy qabul uchun institut rahbariyatiga minnatdorlik bildirdi va institut vakillari bilan xayrlashdi.

Toshkent pediatriya tibbiyot institutining rasmiy Telegram kanali
https://t.me/joinchat/AAAAAEWXCZVyD3l3YAR2zg