Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Otoloringologiya va bolalar otoloringologiyasi va stomatologiya kafedrasi professor-o’qituvchilari ishtirokida Yunusobod tumani «Mehnatobod» MFY markazida «1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni» munosabati bilan kam ta’minlangan oila farzandlari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda bolalarga badiiy adabiyotlar, sport anjomlari (futbol va voleybol to’pi, shahmat-shashka, stol tennis raketkasi, badminton raketkasi) tuhfa qilindi.