Toshkent pediatriya tibbiyot instituti O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirining 2021 yil 19 iyuldagi 172-sonli buyrug’iga asosan 2021/2022 o’quv yilida klinik ordinatura (rezidentura)ga qabul boshlanganligi to’g’risida e’lon qilmoqda.
Koronavirus infeksiyasi bilan bog’liq pandemiya sharoitida 2021/2022 o’quv yili uchun klinik ordinatura (rezidentura) qabulida hujjat topshiruvchi abituriyentlarga qulaylik yaratish maqsadida ro’yhatdan o’tish jarayoni onlayn tarzda – Toshkent pediatriya tibbiyot institutining rasmiy veb-saytida quyidagi havola orqali amalga oshiriladi:
https://docs.google.com/forms/d/1lBYSEEzyS9bTLzbKFJf1zifWLuzLhuQ8blAgCwm4AAM/edit
Klinik ordinatura (rezidentura)ga qabul ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan kundan boshlab, joriy yilning 21 avgustigacha (shu kuni ham) amalga oshiriladi.
Toshkent pediatriya tibbiyot institutida 2021/2022 o’quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayoni boshlanishi munosabati bilan abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish hamda ularni qiziqtirgan savollarga tezkor javob berish maqsadida “Call-center” tashkil etildi.
Fuqarolar quyidagi telefon raqamlari orqali “Call-center” bilan bog’lanib, o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishlari mumkin.
Murojaatlar uchun telefon raqamlar:
+99878 1505151.
“Call-center”ning ish rejimi:
dushanbadan shanbagacha – soat 9:00 dan 18:00 gacha;
tushlik – soat 13:00 dan 14:00 gacha.
Klinik ordinatura (rezidentura)ga qabul ikki bosqichda amalga oshiriladi.
– birinchi bosqich – mutaxassislikga mos fanlar bo’yicha test sinovlari;
– ikkinchi bosqich – Davlat test markazi tomonidan chet tili bo’yicha test sinovlari o’tkaziladi.
Klinik ordinatura (rezidentura)ga qabul test sinovlarini o’tkazish sanasi institut rasmiy veb-sayti orqali e’lon qilinadi.
Toshkent pediatriya tibbiyot institutining klinik ordinaturasi (rezidenturasi)ga qabul qilish to’g’risida batafsil ma’lumotni «Klinik ordinatura» sahifasida olishingiz mumkin.