Hurmatli abituriyentlar!

2021-2022 o’quv yilida Toshkent pediatriya tibbiyot instituti magistraturasi va klinik ordinaturasiga davlat buyurtmasi asosida o’qishga qabul qilish onlayn tarzda tegishli elektron manzillar orqali amalga oshirilmoqda:

O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirining 2021 yil 12 maydagi 6-son “Tibbiy faoliyat amalga oshiriladigan tibbiy ixtisosliklar turlari nomenklaturasini tasdiqlash to’g’risida”gi buyrug’iga va oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga qabul bo’yicha turdosh oliy ta’lim yo’nalishlarining ro’yhatiga asosan bakalavriatda “Pediatriya ishi” ta’lim yo’nalishini bitirgan abituriyentlar faqatgina magistratura va klinik ordinaturaning quyidagi mutaxassisliklarga hujjat topshirishlari mumkin:

Magistraturaga:
– Pediatriya – 5A510201
– Bolalar xirurgiyasi – 5A510202
– Bolalar anesteziologiyasi va reanimatologiyasi – 5A510203
– Neonatologiya – 5A510206

Klinik ordinaturaga:
– Pediatriya
– Bolalar xirurgiyasi
– Bolalar anesteziologiyasi va reanimatologiyasi
– Neonatologiya
– Bolalar yuqumli kasalliklari
– Bolalar va o’smir qizlar ginekologiyasi

Toshkent pediatriya tibbiyot institutida 2021/2022 o’quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayoni boshlanishi munosabati bilan abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish hamda ularni qiziqtirgan savollarga tezkor javob berish maqsadida “Call-center” tashkil etildi.

Fuqarolar quyidagi telefon raqamlari orqali “Call-center” bilan bog’lanib, o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishlari mumkin.

Murojaatlar uchun telefon raqamlar:
+99878 150-51-51.

“Call-center”ning ish rejimi:

dushanbadan shanbagacha – soat 9:00 dan 18:00 gacha;

tushlik – soat 13:00 dan 14:00 gacha.

▶️ @daminovbotirturgunpulatovich
▶️ @tashpmi_press