O’zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi Hukumatlari kelishuviga asosan 2021-2022 o’quv yili uchun N.I.Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universitetining (Moskva shahri) quyidagi 11 ta ordinatura mutaxassisliklariga O’zbekiston Respublikasi fuqarolarini o’qishga qabul jarayoni tashkil etildi.

Mutaxassislik nomiAjratilgan o’rinlar soni
1.Radiologiya2
2.Omkologiya4
3.Gematologiya2
4.Bolalar onkologiyasi2
5.Endokrinologiya8
6.Nefrologiya2
7.Pulmonologiya3
8.Rentgenendovaskulyar tashhislash va davolash3
9.Yurak qon-tomir xirurgiyasi2
10.Pediatriya6
11.Allergologiya va immunologiya1
 Jami35

Ushbu ordinatura mutaxassisliklariga qabul bakalavriatning “Davolash ishi” va “Pediatriya ishi” ta’lim negizida amalga oshiriladi. Ordinaturada o’qish to’lov-shartnomasi asosida bo’lib, o’qish uchun mablag’ “El-yurt umidi” jamg’armasi stipendiyasi hisobidan qoplanadi.

N.I.Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti ordinatura mutaxassisliklarida o’qish istagini bildirgan talabgorlar tanlov asosida qabul qilinadilar.

Tanlov bosqichlari:
N.I.Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universitetining mutaxassisliklari bo’yicha tanlov e’lon qilinganligi va tanlov jarayonini o’tkazish tartibi tibbiyot oliy ta’lim muassasaslari va filiallar rasmiy veb-saytlarida, hamda OAVlarda e’lon qilinadi.

2021 yil 28 iyundan boshlab Toshkent pediatriya tibbiyot institutida N.I.Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti ordinatura mutaxassisliklariga tanlov bo’yicha maslahat va ma’lumot berish bo’yicha quyidagi raqamlar orqali murojaat qiling:
+998 71 260-31-23;
+998 71 260-36-90;
+998 71 262-34-02.

Talabgorlarni daslabki tanlov (suhbat)dan o’tkazish.
2021 yil 28 iyun – 7 iyul kunlari N.I.Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti ordinatura mutaxassisliklariga dastlabki tanlov (suhbat)da qatnashish istagini bildirgan “Davolash ishi” va “Pediatriya ishi” ta’lim yo’nalishlari bitiruvchilari hujjatlarini (pasport, diplom yoki diplom o’rniga berilgan hujjat pdf-formatdagi nushasi) onlayn qabul qilish havolasi:
https://docs.google.com/forms/u/0/d/1-wC0ZZMqlhGnohMA_M25DNDsVZLYowUibacs0fOlyqU/viewform?edit_requested=true

2021 yilning 8-9 iyul kunlari N.I.Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti ordinatura mutaxassisliklariga qabul bo’yicha Muvofiqlashtiruvchi komissiyasi qoshida dastlabki tanlov (suhbat)dan o’tkazish bo’yicha Ishchi guruh tomonidan talabgorlarning dastlabki tanlov (suhbat)dan o’tkazish Toshkent pediatriya tibbiyot institutida tashkil etiladi.

Ishchi guruhning dastlabki tanlov (suhbat) ҳulosasi (“tavsiya etiladi” yoki “tavsijya etilmaydi”) asosida N.I.Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti ordinatura mutaxassisliklariga qabul tanlovida ishtirok etuvchi talabgorlar ro’yhati shakllantiriladi.

2021 yil 9 iyulidan 7 avgustga қadar Ishchi guruh tomonidan tanlovda ishtirok etishga tavsiya etilgan abituriyentlarning hujjatlarini N.I.Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti ordinatura mutaxassisliklariga qabul bo’yicha e’lon qilingan saytida ro’yhatdan o’tishlari talab etiladi. Abituriyentlarga hujjatalarni ro’yhatdan o’tkazishda qulaylik yaratish maqsadida bitiruvchi hujjatlarini rasmiylashtirish va tegishli saytga joylashtirish OTMlar va filiallar tomonidan markazlashgan holda amalga oshiriladi. Shuningdek N.I.Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti tomonidan e’lon qilingan veb-saytda klinik ordinatura mutaxassislariga qabul tanlovi onlayn test savollari bo’yicha abituriyentlar o’z-o’zini nazorat qilish uchun imkoniyatlar yaratiladi.

2021 yil 9 – 13 avgust kunlari abituriyentlar N.I.Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti ordinatura mutaxassisliklariga qabul bo’yicha onlayn test sinovlari o’tkaziladi. Abituriyentlarning N.I.Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti ordinatura mutaxassisliklariga qabul bo’yicha onlayn formatdagi test sinovlarida ishtirok etishlari markazlashgan holda Toshkent pediatriya tibbiyot instituti hududida tashkil etiladi.