«Onlayn poliklinika» pandemiya vaqtida aholiga masofadan turib kerakli tibbiy maslahatlarni, tavsiyalarini hamda mutaxassislarga yo’naltirish orqali sifatli tibbiy xizmat ko’rsatadi.

Mazkur poliklinikada tibbiy xizmat oilaviy shifokorlar bilan bir qatorda tor mutaxassislar, shu jumladan pediatr, terapevt, pulmonolog, pulmonolog-ftiziatr, kardiolog, endokrinolog, akusher-ginekolog, reanimatolog, infeksionist, oftalmolog, otorinolaringolog, dermatovenerolog, bolalar va kattalar jarrohlaridan iborat shifokorlar guruhi ham jalb qilingan.

«Onlayn poliklinika»ning maxsus Telegram boti yaratilib unda yurtdoshlarimiz o’zini qiynab kelayotgan savollarga ishonchli va kerakli tibbiy tavsiyalarni olishlari mumkin.

«Onlayn poliklinika»ga Telegram bot orqali murojaat qilish mumkin:
http://t.me/OnlinePolyclinic_bot

Onlayn poliklinika xizmatidan horijda bo’lib turgan yordamga muhtoj yurtdoshlarimiz ham foydalanishi mumkin.

▶️ @daminovbotirturgunpulatovich
▶️ @tashpmi_press