2021-2022-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga kirish imtihonlarining 2-bosqichi, ya’ni, chet tili bo‘yicha test sinovlari 2021-yil 28-29-avgust kunlari 3 smenada o‘tkaziladi.

Test sinovlari:
1 – smenada 08:00 dan 09:00 ga qadar;
2 – smenada 17:30 dan 18:30 ga qadar;
3 – smenada 20:00 dan 21:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Bunda talabgorlarga ro‘yxatdan o‘tish vaqtida o‘zlari tanlagan chet tili fanidan 30 ta test topshirig‘i beriladi va 1 soat vaqt ajratiladi.

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-qaroriga muvofiq test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball 50 ballni tashkil etadi.

Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Davlat test markazining magistr.dtm.uz saytidan olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan belgilangan vaqtdan kamida yarim soat oldin kelishlari so‘raladi.

MUHIM! Ma’lumki, 2021-2022-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan amalga oshirildi va 1-bosqich imtihonlari oliy ta’lim muassasalari tomonidan o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Preziddentining 2021-yil 22-iyundagi PQ-5157-son qarorida muvofiq 2-bosqich imtihonlari, ya’ni, chet tili fanidan test sinovlari Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladi.

Chet tili fanidan test sinovlari 28-29-avgust kunlari 3 smenada o‘tkazilishi belgilangan bo‘lib, talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani magistr.dtm.uz saytidan yuklab olishlari mumkin.

Bunda ruxsatnomalar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan Davlat test markaziga taqdim etilgan ma’lumotlar asosida shakllantirilgan bo‘lib, oliy ta’lim muassasalari tomonidan mutaxassislik fani bo‘yicha o‘tkazilgan imtihonda necha ball olganidan qat’iy nazar ruxsatnoma chiqqan barcha talabgorlar test sinovlarida ishtirok eta oladi.

@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press