![](https://tashpmi.uz/wp-content/uploads/2021/08/image-1-1024x1024.png)
2021/2022 o’quv yilida Toshkent pediatriya tibbiyot institutining magistraturasiga qabul uchun mutaxassislik fanlari bo’yicha kirish maxsus test sinovlari 2021 yil 16 avgust kuni ToshPTIda soat 8:00 dan boshlanadi.
Abituriyentlardan sanitariya-epidemiologiya qoidalariga rioya qilgan holda niqoblarda kelishlari, ijtimoiy masofani saqlagan holda imtihonda qatnashishlari talab qilinadi.
Mutaxassisliklar bo’yicha guruhlar kesimida imtihon topshirish vaqti (soati) qo’shimcha ravishda institutning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.