ToshPTI magistraturasiga hujjat topshirgan abituriyentlar diqqatiga!

2021/2022 o’quv yilida Toshkent pediatriya tibbiyot institutining magistraturasiga qabul uchun kirish maxsus test sinovlari 2021 yil 16 avgust kuni  soat 8.00 dan boshlanadi.

Kirish imtihonlarida ishtirok etish uchun abituriyentlar o’zlari bilan birga pasportni olib kelishlari kerak.

Abituriyentlardan sanitariya-epidemiologik qoidalarga rioya qilgan holda niqoblarda kelishlari, ijtimoiy masofani saqlagan holda imtihonda qatnashishlari talab qilinadi.

Test sinovlari Toshkent pediatriya tibbiyot instituti akademik litsey xududida joylashgan talabalar bilimini baholash markazi (test markazida) bo’lib o’tadi.

Mutaxassisliklarni guruhlar kesimida imtihon topshirish vaqtlari (soatlari) quyidagi jadvalda ko’rsatilgan.