Toshkent pediatriya tibbiyot institutining klinik ordinaturasiga qabul uchun mutaxassislik fanlari bo’yicha kirish maxsus test sinovlari kuni aniqlandi.

2021/2022 o’quv yilida Toshkent pediatriya tibbiyot institutining klinik ordinaturasiga qabul uchun mutaxassislik fanlari bo’yicha kirish maxsus test sinovlarining birinchi bosqichi 2021 yil 14 sentabr kuni ToshPTIda soat 8:00 dan boshlanadi.

Test sinovlarida ishtirok etish uchun abituriyentlar pasport yoki ID kartaning asl nusxasi va qabul komissiyasi tomonidan abituriyent ko’rsatgan elektron pochtaga yuborilgan tilxat-ruxsatnomani o’zlari bilan olib kelishlari kerak.

Barcha abituriyentlardan sanitariya -epidemiologiya qoidalariga rioya qilishni, tibbiy niqob taqishni va kirish testlarini topshirishda ijtimoiy masofani saqlashni so’raymiz.

Test o’takizalidagan joy: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.

Agar abituriyentda begona narsalar va aksessuarlar (telefon, soat, kalkulyator, shpargalka va har qanday turdagi ma’lumot manbalari, pul va h.k.) topilsa, tegishli akt tuzilgan holda abituriyent imtihonga qo’yilmaydi.

Mutaxassisliklar bo’yicha guruhlar kesimida imtihon topshirish vaqti (soati) qo’shimcha ravishda institutning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press