Toshkent pediatriya tibbiyot institutining klinik ordinaturasi (rezidenturasi)ga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi – Davlat test markazi tomonidan o’tkaziladigan chet tili bo’yicha test sinovlari to’g’risidagi ma’lumotlar qo’shimcha ravishda institutning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

MUHIM! Eslatib o’tamiz, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 18 dekabrdagi 319-sonli qarorining 2-ilovasi bilan tasdiqlangan “Klinik ordinatura to’g’risidagi Nizom”ga muvofiq klinik ordinaturaga kirish uchun bir vaqtning o’zida bir nechta yo’nalish va muassasada tanlovda qatnashish taqiqlanadi. Aks holda hujjatlar qabuli bekor qilinadi.

@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press