ToshPTI klinik ordinaturasi (rezidenturasi)ga hujjat topshirgan abituriyentlar diqqatiga!

2021/2022 o’quv yilida Toshkent pediatriya tibbiyot institutining klinik ordinaturasi (rezidenturasi)ga qabul uchun kirish maxsus test sinovlari 2021 yil 14 sentabr kuni  soat 8.00 dan boshlanadi.

Test sinovlarida ishtirok etish uchun abituriyentlar pasport yoki ID kartaning asl nusxasi va qabul komissiyasi tomonidan abituriyent ko’rsatgan elektron pochtaga yuborilgan tilxat-ruxsatnomani o’zlari bilan olib kelishlari kerak.

Abituriyentlardan sanitariya-epidemiologik qoidalarga rioya qilgan holda niqoblarda kelishlari, ijtimoiy masofani saqlagan holda imtihonda qatnashishlari talab qilinadi.

Test sinovlari Toshkent pediatriya tibbiyot instituti akademik litsey xududida joylashgan talabalar bilimini baholash markazi (test markazida) bo’lib o’tadi.

Agar abituriyentda begona narsalar va aksessuarlar (telefon, soat, kalkulyator, shpargalka va har qanday turdagi ma’lumot manbalari, pul va h.k.) topilsa, tegishli akt tuzilgan holda abituriyent imtihonga qo’yilmaydi.

Mutaxassisliklarni guruhlar kesimida imtihon topshirish vaqtlari (soatlari) quyidagi jadvalda ko’rsatilgan.