O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2021 yil 17 sentabrdagi 02-20/5286–sonli murojaati va O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining 2021 yil 22 sentabrdagi 08-09/12583–sonli xatiga asosan Toshkent pediatriya tibbiyot instituti 2022 yil uchun stajor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura (PhD) va doktorantura (DSc) qabulini e’lon qiladi.

2022 yil uchun tayanch doktorantura, doktorantura, mustaqil izlanuvchilik va stajor-tadqiqotchiga quyidagi ixtisosliklar bo’yicha qabul e’lon qiladi:

Tayanch doktorantura (PhD):
03.00.01 – Biokimyo;
14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya;
14.00.03 – Endokrinologiya;
14.00.05 – Ichki kasalliklar;
14.00.08 – Oftalmologiya;
14.00.09 – Pediatriya;
14.00.10 – Yuqumli kasalliklar;
14.00.11 – Dermatologiya va venerologiya;
14.00.13 – Nevrologiya;
14.00.17 – Farmakologiya va klinik farmakologiya;
14.00.19 – Klinik radiologiya;
14.00.24 – Sud tibbiyoti;
14.00.28 – Neyroxirurgiya;
14.00.33 – Jamoat salomatligi. Sog’liqni saqlashda menejment.

Doktorantura (DSc):
14.00.13 – Nevrologiya

Kerakli hujjatlar:
– institut rektori nomiga ariza;
– mehnat daftarchasi (tasdiqlangan nusxasi);
– oliy ta’lim muassasi bakalavriat yoki magistratura (klinik ordinatura) diplomlarning nusxalari;
– e’lon qilingan maqola va tezislar nusxalari;
– pasport nusxasi;
– ma’lumotnoma va tarjimai hol (obyektiv ma’lumotnoma).

Tayanch doktoranturaga (PhD) tanlovida qatnashuvchi talabgorlar tomonidan ixtisoslik va chet tili bo’yicha kirish imtihonlari topshiriladi, doktorantura (DSc) talabgorlari ixtisoslik bo’yicha suhbatdan o’tadi.

Hujjatlar 2021 yilning 15 oktabrgacha qabul qilinadi.

Kirish imtihonlari joriy yilning 5-25 noyabr kunlari bo’lib o’tadi.

Barcha talabgorlar O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining http://phd.mininnovation.uz/ veb-saytida ro’yhatdan o’tishlari lozim.

Manzil: Toshkent shahҳri, Bog’ishamol ko’chasi, 223 uy.
Telefon: +998 (71) 260-39-55.

Qo’shimcha ma’lumotlarni quyidagi telefon orqali olishingiz mumkin:
+998 (93) 382-74-41

@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press