O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 2 martdagi PF-5953-son Farmoniga muvofiq, xotin-qizlarning oliy ta’lim muassasalarida tahsil olishlari uchun yanada keng imkoniyatlar yaratish maqsadida ular uchun ajratilgan alohida 4 foizli qo’shimcha qabul ko’rsatkichlari mazkur yo’nalishdagi yana bir muhim qadam bo’ldi.
Mamlakatimizda xotin-qizlarni ijtimoiy himoya qilish maqsadida va ularni hayotda o’z o’rnini topib ketishi uchun 2021/2022 o’quv yilida Respublika OTMlariga berilgan 4 foizlik davlat grant o’rinlari ajratilgan edi.
Shunday yaratilgan imkoniyatdan foydalangan yoshlarning 20 nafari Toshkent pediatriya tibbiyot institutining davlat granti asosida tahsil oladigan talabasiga aylandi.
2021 yil 24 sentabr kuni institut jamoasi xotin-qizlar kengashi raisi D.A.Usta-Azizova va fakultetlarning xotin-qizlar bo’yicha mas’ullari talabalik baxtiga muyassar bo’lgan talaba-qizlarni talaba bo’lgani bilan samimiy tabriklashdi.
Institutda yaratilgan shart-sharoit, imkoniyatlardan to’g’ri va oqilona foydalanib, a’lo baholarga o‘qishlarini tiladi.