Toshkent pediatriya tibbiyot institutining klinik ordinaturasi (rezidenturasi)ga kirish imtihonlarining ikki bosqichi natijalari e’lon qilindi.
Eslatib o’tamiz, Toshkent pediatriya tibbiyot institutining klinik ordinaturasi (rezidenturasi)ga kirish imtihonlari ikki bosqichda o’tkazilgan:
– birinchi bosqich – mutaxassislikga mos fanlar bo’yicha test sinovlari – 2021 yilning 14 sentabr kuni o’tkazilgan;
– ikkinchi bosqich – Davlat test markazi tomonidan chet tili bo’yicha test sinovlari – 2021 yilning 30 sentabr kuni o’tkazilgan.
2021/2022 o’quv yili uchun Toshkent pediatriya tibbiyot institutining klinik ordinaturasi (rezidenturasi)ga kirish imtihonlarining yakuniy natijasi (qabul qilinganlik to’g’risidagi mandat) haqidagi ma’lumotlar markazning rasmiy veb-saytida qo’shimcha ravishda e’lon qilinadi.