Oʻzbekiston Respublikasi davlat oliy taʼlim muassasalariga 2021/2022-oʻquv yili magistratura mutaxassisliklari boʻyicha kirish imtihonlarida ishtirok etib, mutaxassislik fanidan belgilangan maksimal ballning 40 foizi (40 ball) va undan yuqori ball toʻplagan abituriyentlarni tegishli oliy taʼlim muassasasi tomonidan belgilangan toʻlov-kontrakt asosida ballar ketma-ketligiga qatʼiy amal qilgan holda qoʻshimcha qabul qilishga ruxsat berildi.
Shu jumladan Toshkent pediatriya tibbiyot institutida magistraturasiga qoʻshimcha qabul uchun ruxsat berildi.
Magistraturaga kirish imtihonlarida ishtirok etib, yuqoridagi talabni bajargan talabgorlar Toshkent pediatriya tibbiyot institutining magistratura bo’yicha qabul komissiyasiga murojaat qilishlari mumkin.
Magistratura mutaxassisliklari hususiyati, mavjud quvvatlari, moddiy-texnika bazasi hamda professor-oʻqituvchilari tarkibini hisobga olgan holda, qoʻshimcha qabul uchun to’lov-shartnoma miqdori oliy taʼlim muassasasi tomonidan mustaqil belgilanadi.
Toshkent pediatriya tibbiyot institutining magistraturasiga qoʻshimcha qabul uchun to’lov-shartnoma miqdori o’zgarishsiz, ya’ni «Sog’liqni saqlash» sohasidagi yo’nalishlar uchun amaldagi magistratura toʻlov-shartnoma qiymatiga (stipendiyasiz) teng bo’lgan holda – 10.488.590 so’m etib belgilandi.
Toʻlov shartnoma miqdorining kamida 50 foizini bajarishning oxirgi muddati 2021-yil 20-noyabr.
Maʼlumot oʻrnida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-iyundagi PQ–5157-son qarori (https://lex.uz/docs/-5472291)ga ko‘ra, magistratura mutaxassisliklariga qoʻshimcha qabul toʻlov-kontrakt miqdori bir talabaning oʻqishi uchun sarflanadigan xarajat miqdoridan kelib chiqqan holda oliy taʼlim muassasasi tomonidan belgilanadi.