Hurmatli talabalar!
Xabaringiz bor, kuni kecha Sog‘liqni saqlash vazirligi va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining taklifiga asosan koronavirus infeksiyasining yangi shtammi bolalar va yoshlar o‘rtasida tarqalishi yuqoriligini e’tiborga olgan holda barcha oliy (davlat, nodavlat, xususiy hamda xorijiy filiallar) va professional ta’lim muassasalari, akademik litseylarda (barcha ta’lim shakllari va turlari bo‘yicha) joriy yilning 24 yanvaridan boshlab, bir oy muddat davomida ta’lim olish tizimi masofaviy (onlayn) shaklda olib borilishi belgilandi.
Institutimiz talabalariga ta’lim olishni masofaviy (onlayn) shaklda tashkil etish hamda talabalarga qulaylik yaratish maqsadida institutimiz masofaviy ta’lim platformasi – orqali amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Shu jumladan, tasdiqlangan reja-grafik hamda talabalar dars jadvallari asosida fanlarning elektron o‘quv resurslari va videodarslar masofaviy ta’lim platformasiga joylashtirilmoqda.
Masofaviy faoliyat hamda onlayn mashg‘ulotlar professor-o‘qituvchilar tomonidan tasdiqlangan reja va dastur, grafik hamda dars jadvallari asosida ZOOM platformasi hamda Moodle masofaviy ta’lim platformasi orqali amalga oshiriladi.
Masofaviy ta’lim platformasi – Moodle tizimiga mt.tashpmi.uz havolasi orqali ulansa bo‘ladi hamda dekanat tomonidan berilgan “login” va “kalit” orqali platformadagi shaxsiy kabinetga kirib, dars jadvallari va tematik reja asosida har bir mashg‘ulotni mustakil o‘zlashtirib tizimdan foydalanish imkoniyati mavjud.
Talabalarga Moodle tizimidagi shaxsiy kabineti bo‘yicha yangi “login” va “kalit”lar o‘rnatilgan tartibda 24 yanvarga qadar o‘z fakulteti dekaning muovini (zam.dekani) orqali taqdim etiladi.
Moodle tizimidagi shaxsiy kabinetga kirish uchun yangitdan berilgan “login” va “kalit”ni o‘zgartirish va boshqa shaxslarga berish mumkin emacligi to‘g‘risida ogohlantiramiz.
Ushbu jarayon har bir bakalavriat va magistratura talabasining shaxsiy mas’uliyatini talab etadi. Berilgan vazifalarni o‘z vaqtida mustaqil o‘zlashtirish zarur, zero berilgan topshiriqlar ijrosi, yozilgan konspektlar, testlarni va vaziyatli masalalarni ishlaganligini tahlil qilish va qilingan ishlar asosida talabalar bilimini baholash ko‘zda tutilgan.
Ushbu davr davomida masofaviy ta’limdan to‘laqonli foydalaning va o‘zingiz uchun bilim olishni to‘xtatib qo‘ymang.